Injil nima?

Bibliya nomalari haqida fikr yuritishga vaqt topganingizni bilish quvonchlidir. Ehtimol Siz imonli shaxs bo`lib cherkovga borarsiz, marosimlarni amalga oshiraкsiz, an’analarga amal qilarsiz. Bu bizning nazdimizda juda to`g`ridir. Bibliya ta’limotiga ko`ra Xudo Uning aytganlariga yuradigan odamlarning yuragida yashaydi. Biz faqat Bibliyada keltirilgan an’analarga amal qilishimiz kerak, ular esa aslida ko`p emas. Suvga cho`milib imon keltirish va Iso Masih xotirasiga bag`ishlab kunda sindiriladigan non asosiy rusnlardan hisoblanadi.

Ehtimol Siz Xudoni o`z hayotiga bag`shida etishni istab yurgan oddiy odamdirsiz. Bu diniy qo`llanmalarni o`qib yuradigan, Bibliya haqidagi va’zlarga qatnab va munazara qiladigan ko`pchilik odamlar uchun to`g`gridir. Biz Allohga ishonamiz va U haqiqatda mavjuddir. Lekin juda ko`p narsalar bor-ki, Yaratganning so`zi – Bibliyani o`rganib bizlar U haqda o`rganish kerak bo`lgan. Shunday qilib biz Xudoni va ilohiy dastrulamalni yaxshi tanishimiz mumkin. Bibliya Muqaddas ruhning amri ila odamlar tomonidan yozilgan. Bu boshqa kitoblardan farqli o`laroq oddiy kitob emas, va shuning uchun ham hamma uni e’tibor bilan o`qib chiqishi shart.

Biroq Siz Bibliya haqida hamma narsani bilarman deb o`ylarsiz. Siz Bibliyaga qaradingiz, varaqlab chiqdingiz. Lekin vijdon so`zi bilan aytganda bu yetarli emas. Bizning umumiy taqdirimiz haqidagi shubha, kelajak haqidagi qo`rqinch bezovta qilar. Bu mavhumlik ko`pchilik odamlarni go`yo qora mushukday umrlarining oxirigacha ta’qib qiladi. Va biz Sizga yana bir marta urinish imkonini beramiz. Ehtimol Sizning Bibliya haqidagi tushunchangiz ilohiy haqiqat haqidagi kimningdir tasavvuri bilan chigal tugunga aylangandir. Hammasini tushunib olib va mushkul savollarga javob topish uchun yana Bibiyaning matnlariga qayting.

Ehtimol nasroniylik Siz uchun galdagi “zakovat sarguzashti”, o`tkinchi ishtiyoq, ertak yoki shunchaki katta yo`l bo`ylab yonidan o`tib ketadigan shaharchadan boshqa narsa emasdir. E’tiqodni bunday qabul qilish hayotingizni engillatmaydi. Bunday beadab munosabat o`tkinchi hayot uchun nomunosibdir. Bir kun kelib Siz so`nggi manzilga yetib kelasiz va o`lim haqini topadi. Ana shu vaqtgacha Muqaddas Kitobning so`zlarini inobatga oling. Laokal o`zingizni o`ylab muqaddas nomani o`rganish uchun o`z hayotingizning bir necha daqiqasini bag`ishlang.

Shunday qilib, men savol beraman – Injil nima?

Injildagi Mattoning bayon etgan muqaddas Xushxabaridan 1:1 ni oching. Bunda Matto Injil haqidagi o`zining tushunchasini bayon etadi. Binobarin, shunday so`zlarni ko`ramiz:

Ibrohim o`g`li, Dovud o`g`li Iso Masihning nasabnomasi.

Bu aynan biz kutgan narsa emas. Matto Iso Masihni Dovud va Ibrohimning avlodi deb ataydi. Mattoning ta’kidlashicha, bu Injilning ibtidosidir. Pavel ham shu haqda so`zlaydi – Galatiyaliklarga maktubning 3:8 ni oching va o`qing:

Xudo Ibrohimga: “Butun halqlar sendan baraka topajaklar” deb, unga dastavval xushxabar yuborgan edi.

Shunday qilib, Injil Ibrohimga va’da qilingan narsaning o`zi edi. Pavel shunday deydi. Ibrohimga qilingan muqaddas ahdni his etib biz Injilning mohiyatini anglaymiz. Keling Qadimgi Ahdga murojaat qilamiz. Xudo Tavrotning 17:8 da Ibrohimga shunday deydi:

Sen hozir musofirlarcha yashayotgan mamlakatni – butun Kan’on yerini senga va sendan keyingi avlodlaringga abadiy mulk qilib beraman. Ularning Xudosi men bo`laman.

Shu bilan Xudo Ibrohim va uning farzandlariga yerda abadiy hayotni va’da qiladi. Abadiy hayot Qadimgi Ahd g`oyalaridan biridir. Abadiy hayot haqidagi va’da Injilning asosiy g`oyasi va hamma qissalarda uning qizil ip bo`lib o`tishiga e’tibor bering. Lekin bu qanday bo`lishi mumkin ekan? Tavrotning Ibtidosidagi 22:17 va 18 larga murojaat qilamiz:

Men senga kut-baraka beraman. Nasl-nasabingni ko`kdagi yulduzlardek va dengiz sohilidagi qumdek ko`paytirib yuboraman. Sening o`g`il-nabiralaring o`z dushmanlarining shaharlarini oladilar. Sen gapimga quloq solganing uchun, yer yuzidagi barcha halqlar sening naslingdan baraka topadilar.

Ibrohimning oldida butun jahon baraka topishida omil bo`ladigan o`g`ilni homila qilish turardi. Injil xabarlarini faqatgina Injilning o`ziga murojaat qilib bilish mumkin – uning o`zi hamma savolga javob beradi. Endi Injilning 3:25 va 26 da Xavoriylar faoliyatini o`qiymiz va yuqorida aytilganlarga javob topamiz:

Sizlar esa payg`ambarlar vorislari, Xudo ota-bobolaringiz bilan qilgan ahdning vorislarisizlar. Xudo: “Yer yuzidagi barcha halqlar sening naslingdan baraka topadilar,” – deb Ibrohim bilan ahd tuzgan edi. Shunday qilib, Xudo har biringizni yovuz ishlaringizdan qaytarib, barakali qilay, deb O`zining O`g`loni Isoni tiriltirdi va birinchi galda sizlarga yubordi”.

Ibrohimning zoti kim? Iso. Yer yuzidagi barcha odamlarga beradigan baraka qanday ekan? Gunohlardan kechish va xalos etish. Keling yana ilgarilaymiz. Galatiyaliklarga maktubning 3:16 da o`qiymiz:

Xudoning Ibrohim va uning zotiga bergan ulug` va’dalari bundan kam edi. Xudo Ibrohimga: “Sening zotlaringni beraman” deb ko`pchilik haqida gapirmaydi, aksincha: “Sening zotingni beraman” deb bitta kishini, ya’ni Masihni ko`zda tutadi.

Shunday qilib Ibrohim zoti – bir odam, aynan Masihdir. Lekin uning bir o`zi qanday qilib ko`kdagi yulduzlar misol ko`pchilik bo`la oladi? Bunga javobni Galatiyaliklarga maktubdagi 3:27 – 29 dan topamiz:

Sizlar Masihni tan olib, suvda imon keltirdingizlar va har biringiz Masihni kiyib oldingizlar. Endi na yahudiy bor, na yunoniy, na qul bor, na ozod, na erkak bor, na ayol. Siz Iso Masih ummati bo`lganingiz uchun, hammangiz birsizlar. Agar Masihniki bo`lsangizlar, u holda Ibrohimning ham zurriyotisizlar, shuningdek, Xudo Ibrohimga va’da qilgan merosdan bahramandsizlar.

Bundan chiqadiki, faqat Masih nomi bilan cho`qintirilganlargina yerda abadiy hayot va’da qilingan. Ozodlikka erishish uchun cho`qintirish lozimligi biz uchun zarur ekan! Pavel (Havoriylarning faoliyati 28:20 da) o`lim ko`lankasini his etganda “Isroilning umidini” nazarda tutganini aytgan. Cho`qintirish o`zi nima? Bu faqat suv bilan purkash emas. Yangi Ahd yunon tilida yozilgan, bu tilda “cho`qintirish” so`zi aynan “cho`qish”ni ifodalaydi. Bu so`z cho`qayotgan kema yoki parcha matoga cho`qtirish bilan boshqa rang berilayotganini ifodalash uchun qo`llaniladi. Injildagi Mattoning 3:13 – 16 ga murojaat etamiz:

O`shanda Iso Yahyoning huzurida cho`milish uchun Jaliladan Iordan daryosi bo`yicha keldi. Lekin Yahyo esa Unga ro`yixushlik bermaydi: men Sening huzuringda cho`milib imon keltirishim kerak edi. Sen bo`lsang mening oldimga kelayapsanmi? – dedi. Iso unga javob berib: endi rozi bo`l, chunki biz shu yo`singa ilohiy amrni to`la bajarishimiz o`rinlidir, – dedi. Shundan keyin Yahyo Isoga izn berdi. Iso daryoga tushdi. U suvdan chiqqan zahoti osmon ochilib ketdi va Xudoning Ruhi kaptardek Isoning ustiga tushib qo`ngani ko`rildi.

Iso suvga tushdi, va keyin undan chiqdi. U ulg`ayganida cho`qintirildi, bolaligida emas, va cho`qintirish suvga botish yo`li bilan bo`ldi, purkash bilan emas – shuning uchun marosim daryo suvida amalga oshdi. Iso cho`qintirilgan ekan, biz ham shunday cho`qintirilgan bo`lishimiz kerak. Suvga botish va undan chiqish Isoning o`limi va tiriltirilishini ifodalaydi, va biz Uning o`limi va tiriltirilishini o`zlashtirishga jazm qilamiz. Shuning uchun cho`qintirish rusumi shunchaki purkash emas, suvga botishdan iborat. Rimliklarga maktubdagi 6:3 – 5 ga murojaat qilamiz:

Nahotki biz Iso Masihni tan olib suvda imon keltirganimizda hammamiz ham Uning o`limini tan olib keltirganimizni bilmaymiz? Biz suvga cho`milib Masih bilan birga o`ldik va ko`mildik. Shuningdek, Masih otasining ulug`vor qudrati bilan tirilganiga o`xshab biz ham yangi hayotda yurishimiz lozim. Agar o`lishda Masihga ergashgan bo`lsak, albatta, tirilishda ham unga erishamiz.

Mana shuning uchun biz Sizni shunday imon keltirishga chaqiramiz – buni hayotingizning maqsadi qilib oling, Iso Masihni qabul eting! Iso Masih nomiga imon keltirib biz Uning bir bo`lagiga aylanamiz, va shunda Uning va’dasi amalga oshadi. U qaytib kelganida biz tirilamiz va so`roqqa tutilamiz, va agar biz Xudoning kalomidagi taqvodor hayotni kechirgan bo`lsak, bizga abadiy umr kechirishga ruxsat etiladi. Biz Xudoning hukmi bilan shu yerda, zaminda yashaymiz. Agar Siz bunga ishonsangiz hayot yangicha ma’no kashf etadi. Qanday moddiy qiyinchiliklarga duch kelmaylik biz uning vaqtinchalik holatini tushunib yetamiz va bizga abadiy hayotni beradigan Iso Masihni kutamiz. Mana shuning uchun Injil va Iso Masih bizga UMID bag`ishlaydi. Bu umid shunday ulkanki, kundalik muammolarga shunchaki e’tibor bermaslik ham mumkin.

Lekin qanday qilib shu odam – Iso Masih – bizga ozodlik bag`shida etishi mumkin? U butun insoniyatning vakili bo`ldi, mana shuning uchun Uning o`limi va tiriltirilishi uchun imon keltirishimiz kerak. Iso Masih biz o`xshash edi. Ibroniylarga maktubning 2:14 – 18 lariga e’tibor qaratamiz:

Bolalar et va qondan iborat bo`lganlari uchun, Iso o`zi ham ularga tenglashib, xuddi shunday vujudga ega bo`ldi, toki o`lim bilan dahshat sochuvchi iblisni O`z o`limi orqali yo`q qilsin va umr bo`yi o`lim qo`rquviga qul bo`lgan odamzot bolalarini ozod qilsin. Har holda Iso farishtalarga emas, balki Ibrohim nasliga yordam beradi. Shuning uchun U har jihatdan birodarlariga o`xshab qolishi kerak edi, halqning gunohlari uchun Xudo huzurida tavajjuh qila oladigan marhamatli va sodiq Oliyruhoniy bo`lmog`i lozim edi. O`zi sinovdan o`tib azob chekkani uchun, sinovdan o`tayotganlarga madad bera oladi.

Iblisning jonzot yoki afsoniy kimsa deya ifodalanayotganligiga e’tibor bering. U gunohni ifodalaydi. “Gunohning evazi – o`lim” (Rimliklarga matkub 6:23), ammo shuningdek biz “iblis o`lim kuchiga ega” ekanligini ham bilamiz. Biz ko`zga ko`rinmaydigan kimsa bilan emas, o`zimiz bilan kurashishimiz kerak. 14 qatorda bir necha bor – U, O`zi, shunday, shuningdek, biz kabi so`zlarining o`zi qaytariladi. Biroq ko`pgina “nasroniy” guruhlar Parvardigor uchlangan, va shu uch qiyofalarning biri Iso Masih ekanini o`qitadilar. Lekin Injil butunlay boshqa talqin yuritadi. Ibroniylarga maktubga asoslanib Iso Masihning mohiyatini to`g`ri anglab yetish biz uchun juda muhimdir. U aynan biz kabi edi. Muallif buni 4 marta ta’kidlaydi! U biz kabi sinaluvchan edi. Kim bizni sinaydi? Biz o`zimizni sinaymiz. Injilda bitilgan Yoqubning maktubidagi 1:13 – 15 lariga murojaat qilamiz:

Vasvasaga tushganda hech kim: “Xudo meni sinab turayotir” – demasin. Chunki Xudo yomonlik vasvasasiga tushmaydi, O`zi ham hech kimni vasvasaga solmaydi. Lekin har kim o`zining ehtirosiga berilib, aldanib vasvasaga duchor bo`ladi. Keyin ehtiros homilador bo`lib gunohni tug`adi, gunoh esa yetilib, o`limga sabab bo`ladi.

Bu Iso Masihning insoniy tabiatga ega bo`lganligini ko`rsatadi. Injil Rabbiy sinaluvchan emasligini aytadi, lekin Iso Masih sinaluvchan edi. Shunday qilib Iso Masih Yaratganning o`zi emasdi. U inson edi, tug`ilishdan Xudoning O`g`li, Maryam orqali Dovud va Ibrohimning avlodidir. Rabbiyning tug`ilishi mumkin emas, lekin Iso Masih tug`ilgan. Xudo o`lmaydi, Iso Masih esa o`ladi. Biz Allohni ko`ra olmaymiz, lekin odamlar Iso Masihni ko`rishgan va ushlab ko`rishgan. Shuningdek Iso Masih O`zining tug`ilishigacha yashamagan. U Egamning O`g`li edi, Uning onasi esa Maryam bo`lgan. Injilda bitilgan Luka xushxabarining 1:31 – 35 lariga qaraymiz:

Mana, sen homilador bo`lib o`g`il tug`ajaksan va Uning ismini Iso qo`yursan. U ulug` bo`lg`ay, Xudoyi Taoloning O`g`li deb nom olg`ay. Xudoyi Taolo Unga otasi Dovudning taxtini bergay. U Yoqub xonadoni uzra abadiy podshohlik qilur va bu podshohlikning cheki bo`lmagay. Maryam: men hali er ko`rmagan bo`lsam, bu qanday bo`ladi? – deb so`radi farishtadan. Farishta javob beradi: Muqaddas Ruh sening ustingga tushib keladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu sababli sendan tug`ilajak muqaddas bola Xudoning o`g`li deyilur.

Kelajak zamonning ishlatilishiga e’tibor bering! U Xudoning O`g`li, Maryam qorinda homila ko`radi – Iso Masih tarixi aynan ana shu yerdan boshlanadi, garchand Iso Masih g`oyasi, makoni doyim avvalidan Xudo bilan bo`lsa-da, Maryam oddiy ayol edi. Iso Masih Ibrohim va Dovudning naslidan agar Uning onasi ularning naslidan bo`lishi mumkinligi haqida shart ehtimoli bo`lsa. Agar Iso Masihning o`zi – Xudo, bo`lsa, unda Maryam – Xudoning onasi, binobarin oddiy ayol bo`lmaydi. Biroq Injil ta’limotiga ko`ra Iso Masih bir vaqtda ham Rabbiyning va Insoniyatning O`g`li bo`lgan, ya’ni Maryamning oddiy ayol bo`lgani shubhasizdir. Shunday qilib O`zingizga yaqinini – haqiqiy e’tiqodni yoki yolg`on talqinlar majmuasini tanlang. To`g`ri yo`lga ishonish muhimdir, chunki ta’limot bizning hayotimizga ta’sir ko`rsatadi. Ibroniylarga maktubdagi 4:15 – 16 larga qaraymiz:

Bizning Oliyruhoniymiz zaifliklarimizga hamdard bo`lishga ojiz emas, U har tomonda bizlar kabi vasvasaga solingan, lekin gunoh qilmagan. Shunday ekan ilohiy marhamatga noil bo`lish va zarurat vaqtida inoyat va yordam olish uchun Xudoning inoyat taxtiga jasorat bilan yaqinlashaylik.

Iso Masih insoniy tabiatga ega bo`lgani uchun biz ishonch ila U orqali Xudoga sig`ina olamiz. Bizga Xudo ibodatlarimizni eshitishi uchun ruhoniy, cherkov binosi yoki pastor kerak emas.

Shunday qilib men yuqoridagi aytilganlarga xulosa qilmoqchiman:

1. Faqat yagona Alloh mavjud, uchlik emas.

2. Iso Masih – Xudoning O`g`li, lekin o`zi Xudo emas. U o`zi tug`ilguncha yashamagan. U biz kabi sinaluvchan bo`lgan, va hamma biz ko`rganlarga ega, lekin hech mahal gunohga botmagan. U biz uchun hayotini berib juda og`ir o`limga mubtalo bo`lgan, lekin Iso gunohga botmagani uchun Xudo Uni keyin tiriltirgan.

3. Biz voyaga yetib ham suvga botish yo`li bilan imon keltirib Iso Masihning o`limi va tiriltirilganiga qo`shilmog`imiz mumkin.

 4. Iso Masih qaytib kelganida biz qayta tirilamiz, so`roqqa tutilamiz va Egamning hukmi bilan yerda abadiy hayotni olamiz. Allohning hukmidagi yer Xudo odamni yaratgan Edem bog`idek, yoki undan ham yaxshi bo`ladi. Bugun yer yuzidagi mavjud urush, ochlik, qayg`u va hatto o`lim kabi muammolar barham topadi.

5. O`limdan so`ng biz hissizmiz – “do`zah” so`zi faqatgina “qabr”ni anglatadi.

6. Ruh o`lmas emas – biz tuproqdan yaratilganmiz va tuproqqa aylanamiz. Ruh – bu bizning tanamizga singdirilgan hayot kuchidir-ki, o`lganimizdan so`ng Xudo oladigan. O`limdan so`ng biz hech qanday ongli shaklda yashamaymiz.

7. “Iblis” – bu biz qarshi kurashadigan osiy xohishlarimizning timsolidir. Bu haqiqiy mavjud mahluqning ismi emas. Xudo mutlaq qodir, u o`z hukmini iblis bilan bo`lishmaydi. Bizning hamma muammolarimiz Xudodan, shuning uchun ularda diniy kuch mavjud.

8. Bibliyani mustaqil o`qib biz Allohga ham yo`lni topishimiz mumkin.

Injilning asl mohiyatini anglab yetmaguncha men Sizni ushbu muammolar ustida o`ylashga va xotirjam bo`lmaslikka undayman. Men umid qilamanki, siz Bibliyani bepul o`rganish kursimizni o`qiysiz va suvga botib imon keltirish hayotiy maqsadingiz bo`ladi. Ana shunda Sizda haqiqatda abadiy hayotga umid paydo bo`ladi. Ha, biz abadiy hayotni tasavvur qila olmaymiz. Lekin biz juda uzun, uzundan-uzoq, nihoyasi yo`q umrni ko`z oldimizga keltirishimiz mumkin; biz ana shu umrimizda uzundan-uzun hayotning ayni boshlanishi arafasida bir necha millimetrga ilgariladik. Ana shuning o`zi bizning umidimiz, va biz Iso Masih nomi bilan imon keltiramiz va Unda yashaymiz. Men Sizni bunga nihoyatda jiddiy munosabatda qarashingizni va uning oddiy va ahamiyatsiz ko`ngilocharlik deb hisoblamaslikka chaqiraman.

Dunkan Hister

BIBLIYANI TUSHUNISHNI O`RGANING

BEPUL

Bibliya yagonadir, lekin cherkovlar ko`p. Biz Sizga ilohiy nomani tushunish uchun Bibliyani mustaqil o`qib chiqishga taklif etamiz. Biz Xudoning birligiga, Iso Masih Xudoning O`g`li ekanligiga, Uning bizni yaratganiga ishonamiz, va Iso Masihning o`limi va tiriltirilganiga qo`shilmoq uchun suvga butqul botib imon keltirishimiz lozim. Yaqinda Iso Masih yerda (osmonda emas) jannat o`rnatish uchun qaytib keladi. Marhamat qilib quyidagi anketani Sizga Allohning Kalomini o`rganishga yordam beradigan bepul qo`llanmani olish uchun to`ldiring.


Ismingiz: ________________________________________________________________

Manzil: __________________________________________________________________

____________________________________ Tel.: ________________________________

Qaysi tilda:

Quyidagi manzilga jo`nating:

Bible Basics, 49 Woodfields, South Croydon, Surrey CR2 0HJ ENGLAND

change language settings suitable for 800x600 display use full page width
Available languages:
free bible basics